Telegram Group & Telegram Channel
" Heartbeat "

Taksi yana o'sha tanish qasr misol uy oldida to'xtashi bilan , Sulli biroz ikkilangancha mashinadan tushdi . Uy oldida turar ekan , yuragi go'yo bu uyga birinchi marotaba oq libosda kelgani kabi , hayajon bilan tez urardi . Eshik oldidagi qorovul hech qanday savollarsiz Sulliga eshikni ochdi . Uyga kiraverish eshigi oldidagi soqchilar Sulliga ta'zim qilib kutib olishdi .

Og'ir va salobatli eshikni ochib uyga kirishi bilan zinadan yuqoriga nigohlarini tikdi . Negadir uy jim jit . Zinalardan yuqoriga ko'tarilar ekan , qadamlar og'irlashib borayotganday tuyilardi . Yotoqxona oldiga kelishi bilan , eshik tutqichini biroz ikkilanish bilan tutdi . Xonaga kirishi bilan , birinchi bo'lib , dimog'iga tamaki , ichkilik va Sullining atiri hidi urildi . Kun yorug' , xona pardalari esa tortilgan , zimiston xonaning chirog'ini yoqilishi bilan , Sulli biroz gangib qoldi .

Oyoq ostida shisha siniqlari , bir nechta ichkilik idishlari , chilparchin bo'lgan ko'zgu oldida Sullining bo'shagan atirlari , jihozlar betartib ahvolda , yotoq ustida Sullining bir nechta kiyimlari va ... unga suyangancha , boshini ortga tashlab yotgan Namjoon ...

Sulli ko'zlari yoshlangancha uning yoniga bordi , qo'lida ushlab uxlab qolgan , bo'shab ulgurgan idishni qo'lidan olishi bilan , Namjoon ning ingragan ovozi yangradi .

- heey.... Sizlarga... bu xonaga kirishni .... taqiqlamaganmidim..... - Namjoon erinib ko'zlarini ochar ekan , qarshisida turgan qizning chehrasidan bir zum jim turdi .
- Su... Sulli.... - boshini qayta ortga tashlab , labi chetida kulib qo'ydi .
- ey xudoyim..... Ko'p ichib yubordim shekilli ..... Yana ko'zimga ko'rinishni boshladi ....

Sulli ko'zidagi yoshlarini artib , Namjoon ni o'rnidan turg'izishga harakat qildi . Bir qo'lini yelkasidan oshirib , yuvinish xonasi tomon sudray boshladi . Iliq suvni yoqib , vannani to'ldirdi va Namjoonning kiyimlarini yechib sekinlik bilan vannaga tushurdi .

- iliq suvda biroz o'zingizga kelib oling .... Men ungacha .... xonani epaqaga keltiraman ....

Sulli Namjoonning ko'zlariga qaray olmay , tezda o'rnidan turdi , ortiga o'grilgan zahoti baquvvat qo'llar uni to'xtatdi .

- faqat .... Faqat ketib qolma , iltimos ..... - Sulli unga qarar ekan , halihamon sarxush holda ko'zlarini ochishga harakat qilardi .
- ketmayman ... Endi haydasangiz ham hech qayerga ketmayman ......

Sulli og'ir pardalarni surib , derazalarni ochishi bilan , xonaga qishning ayoz sovug'i kirdi . Yotoqdagi kiyimlarni olib , pastellarni almashtirdi . Oyoq ostidagi shisha siniqlarini tozalar ekan , har zamon , hali hanuz vannadan qo'llarini osiltirgancha , ko'zlarini yumib yotgan Namjoonga qarab qo'yardi . Xonani tozalab , vannaga qaytdi va haliyam bir joydan jilmay uxlab yotgan Namjoon ga qaradiyu , sekin jilmayib qo'ydi. O'zi uni yuvintirib , yengil kiyimlarini kiygizgancha , yotoqqa olib chiqdi va chuqur uh tortdi .

- avvallari bunchalar og'ir ekaningizni bilmagan ekanman .... Namjoon..... Meni eshityapsizmii ? Odam degani shunchalik ham ichadimi ? Namjoon men kimga gapiryabman .... Hoy....

Sulli jahl qilgancha , tizzasi bilan Namjooning biqiniga urishi bilan , xonadagi yorug'dan ko'zlarini to'skancha Namjoon Sulliga tikildi .

- nega bunchalar chiroylisan ....
- nima ?
- nega... bunchalar shirin tushsan....
- hhh.... tentak .
- shu qadar yoqimlisanki .... butun umr uyg'onmaslikka roziman .....
- ...........

Sulli sekin egilib , nozik barmoqlarini Namjooning sochlariga olib bordi , ammo bo'lib o'tgan ishlar yodiga tushib , ortga tisarildi .

Lekin ..... qalb sog'inchi barchasidan ustun chiqdi . Ko'rpaning bir tomonini ochib , uning yoniga joylashdi va uni bag'riga tortdi ...

- har safar .... sizni deb , qayta qayta sevgimga yengilaman ....

tg-me.com/dreams_chapter/7843
Create:
Last Update:

BY πŸŽ‘π‘«π’“π’†π’‚π’Žπ’” π‘ͺπ’‰π’‚π’‘π’•π’†π’“πŸŽ‘

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 280

Share with your friend now:
tg-me.com/dreams_chapter/7843

View MORE
Open in Telegram

π‘«π’“π’†π’‚π’Žπ’” π‘ͺ𝒉𝒂𝒑𝒕𝒆𝒓 Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Tata Power whose core business is to generate, transmit and distribute electricity has made no money to investors in the last one decade. That is a big blunder considering it is one of the largest power generation companies in the country. One of the reasons is the company's huge debt levels which stood at β‚Ή43,559 crore at the end of March 2021 compared to the company’s market capitalisation of β‚Ή44,447 crore.

That growth environment will include rising inflation and interest rates. Those upward shifts naturally accompany healthy growth periods as the demand for resources, products and services rise. Importantly, the Federal Reserve has laid out the rationale for not interfering with that natural growth transition.It's not exactly a fad, but there is a widespread willingness to pay up for a growth story. Classic fundamental analysis takes a back seat. Even negative earnings are ignored. In fact, positive earnings seem to be a limiting measure, producing the question, "Is that all you've got?" The preference is a vision of untold riches when the exciting story plays out as expected.

π‘«π’“π’†π’‚π’Žπ’” π‘ͺ𝒉𝒂𝒑𝒕𝒆𝒓 from ar

Telegram πŸŽ‘π‘«π’“π’†π’‚π’Žπ’” π‘ͺπ’‰π’‚π’‘π’•π’†π’“πŸŽ‘
FROM USA